Panamada A (H1N1) grippining avj olishi oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 52 kishiga yetdi. Bu haqda, mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Vazirlikning ma’lum qilishicha, turli asoratlar bilan 2,47 mingga yaqin kishi shifoxonaga joylashtirilgan, ulardan 297 nafari hamon shifokorlar nazorati ostida qolmoqda.
Shunga qaramasdan, mamlakatda oxirgi ikki hafta davomida gripp va o‘tkir respirator xastaliklarga chalinish kamaygan.
Bir necha hafta avval kasallanish holatlarining keskin o‘sishi munosabati bilan e’lon qilingan trevoga rejimi hozirgi paytga kelib bekor qilingan. 22-apreldan hozirga qadar to‘rt million aholiga ega mamlakatning 1,73 million fuqarosi emlangan. Ijobiy o‘sishga qaramay, hukumat aholini zarur ehtiyotkorlik choralariga jiddiy rioya qilishga chaqirdi va grippga qarshi tekin emlash davom ettirilishini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Panamada avj olgan gripp epidemiyasi oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 31 kishiga yetganligi haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)