Janubiy Sudanda jangovar harakatlarni to‘xtatish tartibiga, ayrim holatlarni istisno etganda, rioya etilmoqda. Bu haqda BMT bosh kotibining rasmiy vakili Stefan Dyujarrik ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Biz Janubiy Sudandagi missiyamizdan oxirgi tezkor ma’lumotni oldik. Unga ko‘ra, o‘t ochishni to‘xtatish tartibiga umuman olganda rioya etilmoqda. Onda-sonda kuzatilayotgan otishmalar bundan mustasno”, — deya ta’kidladi Dyujarrik.
Rasmiy vakilning ta’kidlashicha, mamlakat poytaxti Jubadagi aeroport o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘ydi, biroq tijoriy pavrozlar hozircha tiklangani yo‘q. Vaziyatning izga tushgani BMT tinchlikparvar kuchlariga Juba hududida patrullashni amalga oshirishga imkon bermoqda.
Izoh (0)