Farg‘ona viloyati, Yozyovon tumanidagi qishloqda “Qoratepa dehqon bozori” foydalanishiga topshirildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
O‘n besh mingdan ziyod fuqaro istiqomat qilayotgan qishloqda aholi dehqonchilik, bog‘dorchilik va chorvachilik bilan shug‘ullanadi. Mazkur hududda viloyat hokimligi tashabbusi bilan homiylar jalb etildi va qisqa muddat ichida zamonaviy bozor majmuasi qurildi.
Majmuaning ochilish marosimi o‘zbekistonlik bir qator xonandalar o‘z qo‘shiqlari bilan ishtirok etdi.
Izoh (0)