Eronda qo‘poruvchilik harakatini sodir etishni rejalashtirgan olti nafar terrorchi qo‘lga olindi. Bu haqda 12-iyul, seshanba kuni Eron televideniyesiga axborot vaziri (Eron maxsus xizmatlari rahbari) Mahmud Alavi ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “TASS”.
“Mazkur shaxslar terrorchilik guruhlari bilan bog‘liq bo‘lib, Xalqaro Al-Quds kunini (Ramazon oyining oxirgi jumasida nishonlanadigan Xalqaro Quddus kuni) nishonlash vaqtida qo‘poruvchilik harakatlarini amalga oshirishni rejalashtirgan. Ular aniqlanib, qo‘lga olindi”, — dedi vazir. U qo‘lga olish Islom Respublikasining turli shaharlarida amalga oshirilganligini qo‘shimcha qildi.
Alavining so‘zlariga qaraganda, hibsga olinganlardan olingan ko‘rsatmalar asosida ularning vahobiylik g‘oyasiga rioya qilgan bir nechta sheriklari ham aniqlangan. Vazir ular ham qulay vaqt va tegishli joyda hibsga olinishini ma’lum qildi.
Izoh (0)