Yevro—2016 turniri bilan xayrlashish turli terma jamoalarda turlicha kechdi. Rossiya, Ukraina, Turkiya kabi ishonchni oqlay olmagan mamlakatlar hech narsasiz qaytib ketdi. Xorvatiya, Italiya, Polsha kabi katta mehnat qilgan terma jamoalar Yevropa Chempionatini ko‘zida yosh bilan tark etdi.
Musobaqada kutilganidan yaxshiroq ishtirok etgan Uels, Islandiya, Irlandiya va Shimoliy Irlandiya kabi terma jamoalar o‘z mamlakatida katta bayram bilan kutib olindi.
Yevropa chempionligi uchun asosiy nomzodlardan biri sifatida qaralayotgan Germaniya terma jamoasi o‘z yurishiga yarim finalda yakun yasadi.
Ertasi kuni esa nemislar Fransiyaning eng mashhur nashrlaridan biri bo‘lgan L’Équipe’ning bitta sahifasini sotib olib, “Mehmonnavozlik uchun rahmat, Fransiya!” so‘zlari ostiga Germaniya terma jamoasi futbolchilari aks etgan suratni joylashtirdi.
Bu haqda ma’lum qilgan “Sports.ru” nashri Fransiya va Yevro bilan qanday xayrlashish kerakligini Germaniyadan o‘rganish kerakligiga urg‘u berdi. Saytning Twitter’dagi rasmiy sahifasi “Yevro va Fransiya bilan qanday xayrlashish kerak? Germaniya terma jamoasidan o‘rnak oling”, — deb fikr bildirgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)