Ukrainada birinchi marta mexanik yurak ko‘chirib o‘tkazish bo‘yicha operatsiya amalga oshirildi. Bu haqda, Yurak instituti direktori Boris Todurovning ma’lumotlariga asoslanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
“Biz buni amalga oshirdik! Ukrainada, Yurak institutida birinchi mexanik yurak implantatsiyasi o‘tkazildi. Mijoz hozirgina reanimatsiyaga chiqarildi”, — ma’lum qildi Todurov Facebook’dagi sahifasi orqali.
Xarkovlik 41 yoshli Pavel Doroshko og‘ir yurak yetishmovchiligi tufayli institutga murojaat qilgan edi. Endilikda u mexanik yurakka ega bo‘ldi.
Og‘ir yurak patologiyalaridan aziyat chekayotgan mijozlar mexanika yordamida uzoqroq yashash imkoniga ega bo‘ladi va donorlik organi transplantatsiyasini bemalol kuta oladi. Bunday yurakning ishlash muddati cheklanmagan, ayrimlar sakkiz yildan buyon mexanik yurak bilan yashamoqda.
Mexanik yurak narxi — 120 ming yevro.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)