Rossiyadan Qrimga ko‘prik o‘tkazish g‘oyasi muallifi Moskvaning sobiq meri Sergey Lujkov edi. Ichki siyosiy kurashda Qrim mavzusidan ko‘p foydalangan sobiq amaldor Kubanga uyushtirgan safari chog‘ida Qrim va Krasnodar o‘lkasi delegatsiyalari bilan birgalikda bo‘lajak ko‘prikning ilk ramziy toshini o‘rnatgan edi.
Yaqinda Rossiyada ko‘prik masalasi yana ko‘tarildi. Hatto loyiha qiymati hisoblab chiqildi — u 227,9 milliard rublga teng bo‘lib chiqdi.
Shu munosabat bilan Forbes jurnalining rus tahririyati transport o‘tishlarini tashkil etish bo‘yicha jahon tajribasini yodga oldi. Ma’lum bo‘lishicha, bunday tashabbuslar Xitoyda, Italiyada, Makaoda amalga oshirilgan yoki ilgari surilgan ekan.Makao — Chjuxay — Gonkong ko‘prigi (Makao)
Narxi: 9 milliard dollar
Uzunligi: 42 kilometr, suv osti tunneli — 7 kilometr
O‘tkazish salohiyati: sutkasiga 100 000 avtomobil
Olti chiziqli avtomobil ko‘prigi 2016-yilda foydalanishga topshirilishi rejalashtirilmoqda. Agar u ishga tushsa, Makaodan Gonkongga 40 daqiqada borish imkoniyati tug‘iladi. Hozirda parom yo‘li, ob-havoga qarab, 4 soatdan 2–3 sutkagacha vaqt oladi.Bosfor ko‘rfazidana o‘tgan Marmaray temir yo‘l tunneli (Turkiya)
Narxi: 3,3 milliard dollar
Uzunligi: 13,6 kilometr, shundan 1,4 kilometri Bosfor ostidan 54 metr chuqurlikdan o‘tadi
O‘tkazish salohiyati: kuniga 1,5 million yo‘lovchi
Tunnel mustahkam qo‘shquvur shaklida bo‘lib, Rixter shkalasi bo‘yicha 9 balli zilzilaga dosh bera oladi — undan 20 kilometr naridan Shimoliy Anatoliya yorig‘i o‘tadi. Bu tabiiy hudud yaqin 30 yil ichida kuchli zilzilani keltirib chiqarishi mumkinligi aytilmoqda.Nyachang — Xon Che arqon yo‘li (Vyetnam)
Narxi: 9 milliard dollar
Uzunligi: 3,3 kilometr
Balandligi: 50–70 metr
O‘tkazish salohiyati: sutkasiga 14 400 kishi
Yo‘l yurish vaqti: 20 daqiqa
Dunyodagi eng uzun dengiz ustidan o‘tadigan arqon yo‘li. Nyachang shahrini Xon Che oroli bilan bog‘laydi. Funikulyorni to‘qqizta ustun ko‘tarib turadi, tizim zilzila, shiddatli shamol va sunami paytida xavfsiz va uzluksiz ishlay oladi.Xanchjou Bey transokean yo‘li (Xitoy)
Narxi: 1,5 milliard dollar
O‘tkazish salohiyati: kuniga 50 000 avtomobil
Xitoyning Shanxay va Nimbo shaharlarini bog‘laydi, 36 kilometrlik yo‘l uchastkasi Xanchjou ko‘rfazi suvlari ustidan o‘tadi. Ulkan inshoot S shaklida bunyod etilgan. Bunday shakl xavfsizlik maqsadlarida tanlangan: u ko‘prikning qarshiligini va kemalar o‘tish xavfsizligini oshiradi. 6 mingta qoziq asosiga qurilgan, har birining vazni — 70 tonna. Xanchjou Beydan har biri uch chiziqli ikki tomonli shosse o‘tadi. Ko‘prik o‘rtasida xizmat ko‘rsatish oroli joylashgan bo‘lib, u ko‘rfazdagi platformaga qurilgan. U yerda mehmonxonalar, do‘konlar, restoranlar, shuningdek, 136 metr balandlikda marvarid shaklidagi tomosha maydoni bor.Kalabriyadan Sitsiliyaga parom yo‘li (Italiya)
Ko‘p yillar davomida Silvio Berluskoni hukumati Italiyaning Kalabriya viloyatini Sitsiliya orolidan ajratib turuvchi Messina bo‘g‘ozidan o‘tadigan 3300 metrli ko‘prik qurilishini boshlashga urindi. Berluskoni buni 2006-yilgi saylovga qadar amalga oshira olmadi. Saylov natijalariga ko‘ra hokimiyat tepasiga Romano Prodi boshchiligidagi “yashillar” va so‘llar keldi, ular esa 6,1 milliard yevroga baholanayotgan loyihaga mutlaqo qarshi edi.
2009-yilda hokimiyatga qaytgan Berluskoni qurilish masalasini qaytadan ko‘tardi, ammo bu safar ham xalqning qo‘llab-quvvatlashiga erisha olmadi. Buning natijasida hozirgi paytda bo‘g‘oz orqali Kalabriyadan Sitsiliyaga odamlarni va yuklarni, ilgarigi kabi, Meridiano Lines, Rete Ferroviaria Italiana va Caronte & Tourist parom kompaniyalari tashimoqda.
Izoh (0)