Ispaniya soliq inspeksiyasi ishchilari ittifoqi vakili Karlos Krusado o‘z hujumchisi, yaqinda soliq to‘lashdan bo‘yin tovlagani bois sudlangan Lionel Messini qo‘llab-quvvatlash maqsadida ijtimoiy tarmoqlarda kampaniya o‘tkazayotgan “Barselona” futbol jamoasini qoralab chiqdi. Bu haqda “Sport Ekspress” xabar bermoqda.
“Mamlakat qonunlarini buzgan Messiga xayrixohlik bildirish soliq inspeksiyasini aldaydigan boshqa insonlarga xayrixohlik bildirish bilan barobardir. Klub bu vaziyatda yaxshi ish qilmadi”, — dedi Krusado Cadena SER’ga bergan intervyusida.
Argentinalik hujumchi soliq bilan bog‘liq ish yuzasidan Ispaniya sudi tarafidan 21 oylik qamoq jazosiga hukm qilingan edi. Ispaniya huquqiy an’analariga muvofiq, zo‘ravonlik va kuch ishlatish bilan bog‘liq bo‘lmagan jinoyatlar uchun ikki yildan kamroq muddatga hukm qilingan shaxslar qamoqda jazo o‘tamaydi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)