Bolgariya qirg‘oqlari yaqinidagi Qora dengizda 11-iyul, dushanba kuni NATOga a’zo bir qator mamlakatlarning kemalari va Shimoliy Atlantika ittifoqi sheriklari ishtirokida “Briz–2016” harbiy-dengiz kuchlari o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, boshlangan o‘quv mashg‘ulotlarni Qora dengizning g‘arbiy qismida joylashgan “Liman” razvedka kemasi kuzatmoqda.
Qayd etilishicha, “Briz–2016” o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etish uchun Gretsiya, Turkiya va Ispaniya harbiy-dengiz kuchlari hamda NATOning minaga qarshi ikkinchi doimiy guruh kemasi Qora dengizga kirib keldi.
17-iyulga qadar davom etadigan o‘quv mashg‘ulotlariga jami 25 ta kema, katerlar va yordamchi kemalar jalb etildi.
Izoh (0)