8-iyul, juma kuni Tayvan oroliga yopirilgan “Nepartak” to‘foni kamida uch kishining hayotiga zomin bo‘ldi, 300 nafardan ortig‘i jabrlandi Bu haqda, “Sinxua” agentligiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
To‘fon elektr energiyasining uzilishiga sabab bo‘ldi. Elektr ta’minoti qisman qayta ishga tushirilgan bo‘lsa-da, 20 mingga yaqin oila elektr quvvatisiz qolmoqda.
Tabiiy ofat qishloq xo‘jaligiga 21,8 million dollar zarar yetkazdi.
“Nepartak” to‘foni Xitoyga yaqinlashayotgani tufayli 230 ming kishi evakuatsiya qilindi.
Izoh (0)