Tinch okeanining “Nepartak” to‘foni Tayvanga yopirildi. Orolning barcha shaharlaridagi maktab va ofislar yopilib, birja fondining savdo-sotiqlari to‘xtatildi. Poyezd yo‘nalishlari va yuzlab aviareyslar bekor qilindi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Meteorologlarning ma’lumotlariga ko‘ra, dovulning epitsentridagi tezligi sekundiga 65 metrni yoki soatiga 234 kilometrni tashkil etmoqda. Uning diametri 200 kilometrga teng. Ayni damda ulkan dovul Tayvanning kattaligi bo‘yicha ikkinchi va eng yirik port shahri – Gaosyun tomon yo‘l olmoqda.
“Nepartak” joriy mavsumda Osiyodagi birinchi to‘fon bo‘ldi. Uning keyingi “nishoni” Xitoyning janubi-sharqiy qirg‘oqlari bo‘ladi.
Izoh (0)