Qozog‘istonning Qarag‘anda viloyatidagi Balxash shahrida qo‘lbola portlovchi uskunalar yordamida qo‘poruvchilik aktini uyushtirishni rejalashtirgan ekstremistik guruhning yetti ishtirokchisi milliy xavfsizlik qo‘mitasi xodimlari tomonidan qo‘lga olindi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Aytilishicha, qo‘lga olinganlar viloyat hududida teraktlarni amalga oshirishi lozim edi. Xususan, ayni paytda Balxash shahrida joylashgan Rossiya harbiy qismiga hujum uyushtirilishi rejalashtirilgani bilan bog‘liq taxmin tekshirilmoqda.
Bundan tashqari, hibsdagilarning IShID guruhi bilan aloqalari tekshirilmoqda.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)