Isroilning Netaniya shahri sohillarida may oyida O‘rtayer dengizida halokatga uchragan Misr samolyotining bo‘laklari topildi. Bu haqda, Jerusalem Post nashri ma’lumotiga tayanib, “RBK” xabar bermoqda.
Nashrning ta’kidlashicha, topilma haqida Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuga xabar berilgan. Hukumat rahbari matbuot kotibining ma’lum qilishicha, Netanyaxu samolyot bo‘laklarini 8-iyul, juma kuni Misrga taqdim etish haqida farmoyish bergan.
Samolyotning topilgan qismlari haqida Fransiyaga ham ma’lumot yetkazilgan.
Eslatib o‘tamiz, 19-may kuni Parijdan Qohiraga MS804 reysini amalga oshirayotgan, bortida 66 kishi bo‘lgan A320 samolyoti Qohira aeroportiga qo‘nishiga taxminan 35 daqiqa qolganda, endigina Misr havo hududiga kirganda radarlar ekranidan yo‘qolgan edi. Keyinroq uning bo‘laklari Gretsiyaning Karpatos orollaridan topildi.
Fransuz mutaxassislari samolyotining ma’lumotlar registratori elektron tashuvchisini tiklashga muvaffaq bo‘ldi.
Izoh (0)