Ispaniya politsiyasi Madrid shahrida o‘zini Gvineya-Bisauning faxriy konsuli deb tanishtirib yurgan kishini qo‘lga oldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Aytishicha, erkak Madridning markaziy tumanlaridan birida ofis ochib, uning eshigiga “Gvineya-Bisau Respublikasi konsulligi” deb yozilgan taxtachani ilib qo‘ygan. U pul evaziga vatandoshlarining pasportlarini qalbakilashtirib, ularga Ispaniyada yashash huquqini olishda yordam bergan. Nomi keltirilmagan erkak qalloblikda, yolg‘on bilan pul olishda, hujjatlarni qalbakilashtirish va vakolatlarini suiiste’mol qilishda ayblanmoqda.
Qalbaki hujjatlarga ega fuqarolarning aksariyati “konsullik”ning soxta ekanligidan bexabar bo‘lgani aytilmoqda.
Izoh (0)