AQShning Dallas shahrida politsiyachilar ishtirokida bo‘lib o‘tgan otishmada to‘rtinchi gumonlanuvchi o‘ldirildi. Bu haqda NBC telekanaliga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Shahar politsiya boshlig‘i Devid Braunning aytishicha, gumonlanuvchi imkon qadar ko‘proq huquq-tartibot vakillarini o‘ldirish va yaralash niyatida ekanligini aytib tahdid qilgan.
Dallasdagi otishmada qo‘lga olingan gumonlanuvchi shahar ichida bombalar o‘rnatilganini ma’lum qildi
Avvalroq bir nechta noma’lum kimsalar Dallas politsiyachilariga qarata o‘q uzgani xabar qilingandi. Ulardan uch nafari qo‘lga olindi. Otishmalar oqibatida 5 nafar politsiyachi halok bo‘ldi, 7 nafari yaralandi. Yana bir fuqaro jabrlandi.
Eslatib o‘tamiz, 6-iyul kuni AQShning Minnesota shtatidagi Folkon-Xayts shahrida politsiyachi qora tanli erkakning mashinasini to‘xtatib, afroamerikalikni otib o‘ldirgan edi. Ushbu voqea qora tanlilarning noroziligiga sabab bo‘ldi.
Izoh (0)