Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Suriyada musulmonlarning Iyd al-Fitr bayrami tinch aholi o‘rtasida qurbonlarga sabab bo‘lgan Xaseke shahridagi terakt tufayli qayg‘uga chulg‘andi. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vazirligining BMT bosh kotibi Pan Gi Munga yo‘llagan maktubida ma’lum qilingan, deya xabar beradi “TASS”.

Foto: EPA

Foto: EPA

Maktubda bildirilishicha, xudkush shaharga 5-iyul, seshanba kuni kirishga muvaffaq bo‘lgan va as-Solihiya dahasidagi nonvoyxonada navbatda turgan olomon oldida portlovchi qurilmani harakatga keltirgan. Hujum oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi, 27 kishi jarohatlandi. Ular orasida bolalar, ayollar va qariyalar bor. Suriya TIV BMT Xavfsizlik kengashidan “chegarani kesib o‘tayotgan terrorchilar guruhlarini moliyalashtirayotgan Ar-Riyod, Doha va Anqaradagi tuzumlarga nisbatan chora ko‘rish”ni talab qildi.

Suriya qurolli kuchlari qo‘mondonligi bayram munosabati bilan 6-iyul, chorshanba kunidan boshlab mamlakatning barcha hududida uch kunlik tinchlik tartibini e’lon qildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Shou-biznes
“O‘ylamasdan rol ijro etish”. Gollivud yulduzi Entoni Xopkins Marvel filmlarini tanqid qildi
Mahalliy
O‘zbekistonlik harbiy merganlar xalqaro musobaqada 2-o‘rinni egalladi (foto) 
Mahalliy
O‘zbekiston prezidenti sayloviga doir saylov byulletenining shakli tasdiqlandi