Dubaydagi Umm Al Ramool savdo majmuasi yonib ketishi natijasida 15 ta do‘kon va ikkita avtomobilga ziyon yetdi, deya xabar bermoqda UAE Inside.
Yong‘in signali 5-iyul, seshanba kuni tongda ishlab ketdi. Xayriyat, hech kim jabr ko‘rmadi, yong‘inni esa nazorat ostiga olishdi va o‘chirishdi.
Hozircha alanga sababi noma’lum, ammo u avtomobillar uchun ehtiyot qismlar do‘konida boshlangani aniqlandi.