Portugaliya terma jamoasining Yevro–2016 yarim finalida Uels ustidan g‘alabasi nafaqat jamoa sardori Krishtianu Ronalduga, balki uning oilasiga ham quvonch keltirdi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
Ikkinchi taym boshida “Real” hujumchisi uelsliklar darvozasiga to‘p kiritib, Yevropa chempionatlaridagi 9-golini nishonladi. Birozdan so‘ng Nani ham gol urib, portugaliyaliklar muvaffaqiyatini mustahkamladi.
O‘yin 2:0 hisobida portugaliyaliklar g‘alabasi bilan tugadi. Ronaldu jamoadoshlari bilan final yo‘llanmasini nishonlayotgan paytda uning o‘g‘li Kichik Krishtianu onasi va futbolchining opasi bilan televizor qarshisida chinakam bayram uyushtirdi.
Keyinroq Ronalduning opasi Katya Aveyru ijtimoiy tarmoqlarda bu jarayon aks etgan videolavhani e’lon qildi.
https://www.instagram.com/p/BHiLm5jg0oB/
Izoh (0)