Toshkent vaqti bilan 7-iyulga o‘tar kechasi futbol bo‘yicha 2016-yilgi Yevropa chempionati birinchi yarim final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Portugaliya — Uels to‘qnashuvida Krishtianu Ronaldu va uning jamoadoshlari kuchliroq chiqdi.
Uchrashuvning 50-daqiqasida Krishtianu Ronaldu baland sakrab, hisobni ochgan bo‘lsa, 53-daqiqada Ronalduning to‘p uzatishidan so‘ng Nani yakuniy hisobni o‘rnatdi. 2:0 va endi portugallar finalda Germaniya — Fransiya juftligi g‘olibiga qarshi to‘p suradi.
Portugaliya — Uels uchrashuvidan “Daryo” matnli onlayni
Yevro—2016. Krishtianu Ronaldu bilan Portugaliya o‘z tarixida ikkinchi bor Yevroning final ishtirokchisiga aylandi
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.