Ispaniyada “Barselona” hujumchisi Lionel Messining soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash ishi bo‘yicha hukm chiqarildi. Bu haqda “Sports.ru” xabar bermoqda.
Lionel va uning otasi Xorxe moliyaviy firibgarliklar uchun 21 oylik qamoq jazosiga hukm qilindi. Messining oilasi 2007–2009-yillarda 4,1 million yevro miqdoridagi soliqni to‘lashdan bo‘yin tovlagan.
Bu ish ular bilan birinchi marta sodir bo‘lgani (ular retsidivist hisoblanmaydi) va jazoni o‘tash muddati ikki yildan kam bo‘lgani uchun Messi ham, uning otasi ham jazoni o‘tamaydi.
Eslatib o‘tamiz, Xorxe Messi o‘g‘lining shartnomalarni o‘qimay, ularga imzo chekishini aytgandi. Lionel Messi sudda moliyaviy firibgarliklar haqida hech narsa bilmasligini va faqat futbol o‘ynashga e’tibor qaratganini ta’kidlab o‘tgandi.
Izoh (0)