Fransiyaning “PSJ” klubi Polsha terma jamoasi Yevro—2016 bilan xayrlashgach Gjegoj Krixovyak bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda futbolchi o‘zining Twitter sahifasida ma’lum qildi.
Shartnoma 2021 yilga qadar amalda bo‘ladi. 26 yoshli futbolchi “PSJ” safida ham “Sevilya”da bo‘lgani kabi murabbiy Unai Emeri qo‘l ostida to‘p suradi.
Gjegoj Ispaniyaning “Sevilya” klubiga 2014-yil “Reyms” safidan kelib qo‘shilgandi. O‘tgan davr mobaynida polshalik futbolchi Andalusiya klubi uchun 90 ta uchrashuvda maydonga tushib ulgurdi.
Izoh (0)