Joriy yilda NATO harbiy xarajatlari 3 foizga — 8 milliard dollarga oshishi kutilmoqda. Bu haqda alyans bosh kotibi Yens Stoltenberg NATOning Varshava sammiti arafasida bergan matbuot anjumanida ma’lum qildi, deb yozmoqda “TASS”.
“Yevropa mamlakatlari va Kanadada xarajatlarimiz 3 foizga oshishini kutmoqdamiz. Bu 8 milliard dollarni tashkil etadi”, — dedi u.
Bosh kotibning so‘zlariga qaraganda, ikki yil muqaddam Uelsda bo‘lib o‘tgan sammitda rahbarlar NATO harbiy xarajatlarini uch bosqichda oshirishga qaror qilgan edi. Bu jarayonlar oxirida harbiy budjet NATO davlatlari YaIMining 2 foizini tashkil etishi lozim.
“Biz 2 foiz ko‘rsatkichga hali erisha olmadik, ayrim davlatlar xarajatlarni qisqartirishni davom etmoqda. Lekin davlat va hukumat rahbarlari Uelsdagi kelishuvlarni amalga oshirish uchun barcha ishni qilishlariga aminman”, — qo‘shimcha qildi Stoltenberg.
Izoh (0)