Belgiya terma jamoasi hujumchisi Mishi Batshuayi Londonning “Chelsi” klubi bilan 5 yillik shartnomaga imzo chekdi.
22 yoshli futbolchi bilan imzolangan shartnoma haqida “Chempionat” “Chelsi” rasmiy sayti xabariga asoslanib ma’lum qildi. Unga qadar OAVda futbolchining transfer summasi 40 million yevroni tashkil qilishi mumkinligi haqida xabarlar chop etilgandi.
Mishi Batshuayi “Chelsi”ga qadar “Marsel” klubi sharafini himoya qilgan. U Fransiya klubi safiga 2014-yilda kelib qo‘shilgan bo‘lib, o‘tgan davr mobaynida 78 uchrashuvda ishtirok etgan va 33 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.
“Yevropaning eng katta klublaridan birining a’zosiga aylanganimdan baxtliman. Umid qilamanki, ‘Chelsi’ning ko‘plab sovrinlarga ega chiqishida qo‘limdan kelganicha harakat qilaman. Eden Azar va Tibo Kurtua klub haqida ko‘plab yaxshi fikrlar bildirishdi. Bu men va oilam uchun fantastik imkoniyat”, — deb intervyu bergan Mishi Batshuayi.
Ma’lumot uchun, “Chelsi”ni yangi mavsumdan e’tiboran Yevro—2016 da Italiyani boshqargan Antonio Konte qabul qilib olgan.
Izoh (0)