Turkiyada o‘quv-mashg‘ulot samolyotining uchish-qo‘nish yo‘lagida halokatga uchrashi oqibatida ikki kishi qurbon bo‘ldi. Bu haqda “Sinxua” agentligi ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Fojiali hodisa Ayvalik tumanida yuz bergan. Halokat oqibatida samolyot bortidagi instruktor va talaba qurbon bo‘lgan.
Ma’lum qilinishicha, uchish-qo‘nish yo‘lagiga urilgandan so‘ng, samolyot yonib ketgan.
Politsiya hodisa yuzasidan surishtiruvni boshladi.
Izoh (0)