Respublikachilar partiyasidan AQSh prezidentligiga nomzod Donald Tramp saylovoldi poygasidagi raqibi, Demokratlar partiyasi nomzodi Hillari Klintondan saylovchilar qo‘llab-quvvatlashi borasidagi ortda qolishini qisqartirdi. Ipsos xalqaro sotsiologiya markazi Reuters agentligi bilan hamkorlikda o‘tkazgan umummilliy so‘rov natijalari shundan dalolat bermoqda, deya xabar beradi “TASS”.
Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Tramp uchun so‘rovda qatnashganlarning 34,5 foizi ovoz berishga tayyor. Klintonni esa respondentlarning 43,9 foizi qo‘llab-quvvatlamoqda. So‘ralganlarning 21,6 foizi bu borada hali bir to‘xtamga kelib ulgurmagan.
Shu tariqa, ikki nomzod o‘rtasidagi farq 9,4 foizni tashkil etmoqda. Bir hafta avval bu ko‘rsatkich 11,2 foizdan iborat edi.
Izoh (0)