Turkiyaning Kemer kurorti rasmiylari Rossiyaga tegishli Su-24 samolyotining halok bo‘lgan uchuvchisi — Oleg Peshkovning oilasiga uy taklif qildi. Bu haqda, Rossiyaning Antalyadagi bosh konsuli Aleksandr Tolstopyatenkoning so‘zlariga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.
“Kecha Kemer meriyasining shahar rahbari Mustafo Gul boshchiligidagi delegatsiyasini qabul qildim. Bu shahar rasmiylari halok bo‘lgan uchuvchining oilasiga uy sovg‘a qilish niyatini bildirdi”, — ma’lum qildi diplomat.
Ilgariroq Turkiya prezidentining matbuot kotibi Ibrohim Qalin hukumat Peshkovning oilasiga tovon to‘lash masalasini ko‘rib chiqishini aytgan edi. Shu bilan birga, bosh vazir Binoli Yildirim tovon urib tushirilgan samolyot uchun to‘lanmasligini, faqat halok bo‘lgan uchuvchining oilasiga yordam ko‘rsatilishini aytib o‘tgan edi.
Izoh (0)