30-iyun, payshanba kuni Rossiyaning Rostov-Don shahrida kuchli jala oqibatida avtomagistrallar, temiryo‘llar va uylar suv ostida qoldi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Shaharda bir necha o‘nga yaqin yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, ba’zi tumanlarda elektr o‘chirildi. Suv oqimi 14 yoshli qizni mashina g‘ildiragi tagiga torib ketdi va u halok bo‘ldi.
Shaharda favqulodda holat e’lon qilindi.
Izoh (0)