“Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi “Uimbildon” tennis turnirining 2016-yilgi mavsumida ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik tennischi Denis Istomin kecha — 30-iyun kuni ikkinchi davrada ispaniyalik Nikolas Almagroga qarshi kortga tushdi.
Musobaqa rasmiy saytining ma’lum qilishicha, 29 yoshli O‘zbekiston vakili 6:4, 7:6, 6:2 hisobida zafar quchib, uchinchi davraga yo‘l oldi. Mazkur g‘alabadan so‘ng Istomin 45 reyting ochkosi va 80 ming funt sterlingni naqd qilib qo‘ydi.
Taqqoslash uchun, Denis Istomin ATP reytingida 116, Nikolas Almagro esa 47-pog‘onani egallab turibdi. Keyingi bosqichda o‘zbekistonlik tennischi dunyoning 11-raketkasi, belgiyalik David Goffenga qarshi bahs yuritadi.Eslatib o‘tamiz, musobaqaning birinchi davrasida dunyo reytingida 25-o‘rinda borayotgan Janubiy Afrika Respublikasi vakili Kevin Andersonni 4:6, 6:7, 6:4, 7:6, 6:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratgandi.
Izoh (0)