Xitoyning “Syushi” (“Haqiqatni izlash”) partiyaviy jurnali bosh muharriri o‘rinbosari Chju Techju, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, o‘z joniga qasd qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
China Daily nashrining yozishicha, jurnalistning jasadi 26-iyun, yakshanba kuni ishxonasidagi garajdan topilgan.
56 yoshli Chju Techju mashhur essenavis edi. U “Syushi” jurnalida 30 yildan ortiq ishladi va 2 mingga yaqin materiallar yozdi. Uning ishlari to‘plamlarda ham chop etildi. U Lu Sin nomidagi adabiyot mukofotiga va turli milliy jurnalistik sovrinlariga loyiq deb topilgandi.
“Syushi” 1988-yilda tashkil etilgan Xitoy kompartiyasining nazariy organi hisoblanadi. Unda mamlakatning islohot va tashqi siyosiy ochiqlik mavzusidagi nazariy va amaliy materiallar chop etiladi. Nashrining adadi 1,56 millionni tashkil etadi.
Izoh (0)