O‘zMTRKning “O‘zbekiston”, “Toshkent” va “Yoshlar” telekanallarida 30-iyun, payshanba kuni chinozlik Ahmadboy nomi bilan tanilgan Ahmadjon Tursunboyev haqida “Ahmad vasvasasi” nomli ko‘rsatuv efirga uzatiladi. Bu haqda nomlari keltirilgan telekanallar orqali e’lon berilmoqda.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Ko‘rsatuv dastlab 18:10 da “O‘zbekiston” telekanalida, 19:15 da “Toshkent” telekanalida, 20:20 da “Yoshlar” telekanalida efirga uzatiladi.

Ko‘rsatuvda Ahmadjon Tursunboyevning noqonuniy faoliyati haqida axborot beriladi, uning harakatlaridan jabrlangan fuqarolarning guvohliklari keltiriladi, ushbu faoliyat haqida Ahmadjon Tursunboyevning o‘z fikrlari keltiriladi.