Istanbulning Otaturk aeroportida 28-iyun kuni oqshomda yuz bergan terrorchilik harakatlari oqibatida 13 chet ellik, xususan, O‘zbekiston fuqarosi ham halok bo‘lgan. Bu haqda Ajans Haber xabar bermoqda.
Teraktlar natijasida Saudiya Arabistonining besh, Iroqning ikki, Eron, Ukraina, Xitoy, Tunis, Iordaniya hamda O‘zbekistonning bir nafardan fuqarolari halok bo‘lgan.
T24 va BirGun nashrlari xabariga ko‘ra, hodisa oqibatida halok bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosining ismi-sharifi Samat Muhiddinovdir.
Izoh (0)