So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12200.12
    • RUB 125.4
    • EUR 12949.21
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +14°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Mahalliy

    Chinozlik Ahmadboyning noqonuniy faoliyati yuzasidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda

    16.06.2016, 20:02 168856

    Toshkent viloyatining Chinoz tumanidagi “Chinoz halol chorva” va “Chinoz Avto Xamkor” korxonalari ta’sischisi hisoblangan Ahmadjon Tursunboyev ikki barobar qilib qaytarish va’dasi bilan juda katta miqdordagi omonat mablag‘larni milliy va xorijiy valyutada qabul qilish bilan noqonuniy ravishda shug‘ullanib kelgan. Bu haqda O‘zMTRKning “Toshkent” telekanalida 16-iyun, payshanba kuni soat 18:15 da efirga uzatilgan maxsus ko‘rsatuvda ma’lum qilindi.

    Ahmadboy Tursunboyev. Foto: “Daryo”, Kadr: “Toshkent” telekanali

    Ahmadboy Tursunboyev. Foto: “Daryo”, Kadr: “Toshkent” telekanali

    Ahmadjon Tursunboyev, shuningdek, foizlik ustama to‘lash sharti bilan aholiga xorijiy valyutada qarz berib kelgan. “Hozirgi kunda Ahmadjon Tursunboyevga pul bergan yoki pul olgan odamlar soni bir necha o‘n mingga yetgan”, — deyiladi “Toshkent” telekanalidagi ko‘rsatuvda.

    • “O‘zbekiston”, “Yoshlar” va “Toshkent” telekanallarida 16-iyun kuni Ahmadboy Tursunboyevning noqonuniy faoliyati haqida ko‘rsatuvlar efirga uzatiladi

    Ahmadjon Tursunboyevga pul bergan shaxslardan birining ko‘rsatuvda ma’lum qilishicha, u 8 million so‘m pul topshirgan va 10 oy davomida har oy 1,6 million so‘mdan to‘lab borish sharti bilan, uning pulini 16 million so‘m qilib qaytarish haqida va’da berilgan.

    Foto: “Daryo”; Kadr: “Toshkent” telekanali

    Foto: “Daryo”; Kadr: “Toshkent” telekanali

    Aniqlanishicha, Ahmadjon Tursunboyev aholidan avtomashina va qimmatbaho buyumlarni qonunga zid ravishda qabul qilib olgan, bu munosabatlarni huquqiy jihatdan hech qanday rasmiylashtirmay, “shunchaki o‘zining ish daftarlariga qayd etish bilan kifoyalangan”. Tursunboyevning qo‘lida g‘aznachi lavozimida ishlagan shaxslardan birining ma’lum qilishicha, noqonuniy faoliyatdan “kunlik pul aylanmasi 3—4 milliard so‘mni, AQSh dollarida 1 million atrofidagi summani tashkil etgan”.

    Foto: “Daryo”; Kadr: “Toshkent” telekanali

    Foto: “Daryo”; Kadr: “Toshkent” telekanali

    “Shunisi e’tiborliki, Tursunboyev odamlardan pul qabul qilayotganida hech qanday kafolat bermagan. Boz ustiga, agar o‘ziga biror kor-hol bo‘lsa, yaqin qarindoshlariga, farzandlariga hech qanday da’vo qilmaslik shartini qo‘ygan. Xo‘sh, u holda Tursunboyev qanday qilib odamlarning ishonchini qozongan? Ahmadjon Tursunboyev aholining pullarini bir yil muddatda ikki barobar oshig‘i bilan qaytarish va’dasi bilan qiziqtirgan va faoliyatining dastlabki paytlarida odamlarning kuchli ishonchiga kirgan”, — deyiladi reportajda.

    Ahmadjon Tursunboyev odamlardan olgan pullarining bir qismini xorijiy davlatlardan turli tovar-moddiy boyliklar olib kelib sotish bilan shug‘ullanuvchi shaxslarga ma’lum miqdordagi foyda evaziga qarzga berib kelgan. “U shunday noqonuniy faoliyat bilan to‘rt-besh yillardan beri shug‘ullangan”, — deyildi ko‘rsatuvda.

    Foto: “Daryo”; Kadr: “Toshkent” telekanali

    Foto: “Daryo”; Kadr: “Toshkent” telekanali

    Noqonuniy ravishda odamlardan olgan pullar evaziga Cadillac Escalade, BMW, Lexus kabi qimmatbaho avtomashinalar sotib olgan, Chinoz tumani hududidagi katta yer maydonida chorvachilik xo‘jaligini tashkil qilgan, o‘z turar joylarida juda katta miqdordagi xorijiy va milliy valyutadagi naqd pul mablag‘lari va qimmatbaho boyliklarni to‘plagan.

    Foto: “Daryo”; Kadr: “Toshkent” telekanali

    Foto: “Daryo”; Kadr: “Toshkent” telekanali

    “O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Ahmadjon Tursunboyev va uning yaqin qarindoshlarining uy-joylari va ularga qarashli korxonalarda aytib o‘tilgan tartibda o‘zlashtirilgan 13 milliard 139 million so‘m va 7 million 900 ming AQSh dollari miqdoridagi mablag‘lar borligi aniqlandi va bu pullar qonunda belgilangan tartibda rasmiylashtirilib, daliliy ashyo sifatida olindi”, — deyiladi ko‘rsatuvda.

    Ko‘rsatuvda ma’lum qilinishicha, ushbu holat yuzasidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    YCHL. “Real” 5 ta gol urilgan o‘yinda “Napoli”dan ustun keldi, “Manchester Yunayted” va “Arsenal”da mag‘lubiyat, “Bavariya”da qiyin g‘alaba (video)

    Bugun, 02:24

    Toshkentda Qatar amiri taʼsis etgan korrupsiyaga qarshi kurashda erishilgan yutuqlar uchun global mukofotning topshirish marosimi o‘tkaziladi

    Kecha, 23:15

    Firibgarlikda ayblanayotgan Tramp, drenajdan chiqqan o‘lik delfinlar, bozordagi ulkan sakkizoyoq — 3-oktyabr suratlari

    Kecha, 23:10

    Nepalda kuchli zilzila sodir bo‘ldi. Jarohatlanganlar bor (video)

    Kecha, 23:05

    Prezidentning xorijiy tashriflaridan asosiy maqsad nimalar ekani aytildi

    Kecha, 22:57

    OCHL. “Al-Fayha” “Paxtakor” ustidan ishonchli hisobda g‘alaba qozondi (video)

    Kecha, 22:55

    Instagram: Dilshodbek Kattabekov uylandi, Munisa Rizayeva onasining tug‘ilgan kunini nishonlamoqda, ruscha gapirgani uchun tahqirlangan Lola

    Kecha, 22:46

    Qozog‘istonda ko‘mir eksportiga qo‘yilgan taqiq uzaytirildi

    Kecha, 22:35

    Tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ Respublikasi sobiq prezidentlari hibsga olindi

    Kecha, 22:25

    Rossiyada urushdan qaytgan “vagnerchi” uyga o‘t qo‘yib, ayollarni yoqib yubordi

    Kecha, 22:10

    Tavsiya etamiz

    Firibgarlikda ayblanayotgan Tramp, drenajdan chiqqan o‘lik delfinlar, bozordagi ulkan sakkizoyoq — 3-oktyabr suratlari

    23:00 / 03.10.2023

    “Oyiga 80-100 mln so‘mlik dorilar sotilib, o‘zaro taqsimlab kelingan”. “Dok-1 Maks” sudida farmatsevtlarning yana bir kirdikori fosh bo‘ldi

    17:00 / 03.10.2023

    Farg‘onada tuman bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i YTHga uchrab, shifoxonaga yotqizildi

    13:00 / 03.10.2023

    Tug‘ilgan kunida yonib ketgan yigit, Quddusdagi Yig‘i devori, bir daqiqalik sukut saqlayotgan ukrainaliklar — 2-oktyabr suratlari

    22:00 / 02.10.2023

    MOLIYA

    Iqtisodiyot

    Zapravkalarda metan va Ai-92 benzini narxi oshgani aytilmoqda

    20:00 / 01.10.2023

    Markaziy Osiyoga sarmoya kiritish ijobiy natija beradimi? 

    23:00 / 29.09.2023

    O‘zbekistonda elektron tijorat qanday rivojlanmoqda?

    17:00 / 26.09.2023

    “Bugungi geosiyosiy vaziyatda bitta davlatga tayanib bo‘lmaydi” — bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev

    15:00 / 26.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    “To‘y xarajatlari bir million dollarga tushdi”. Liil Xurramov Munisa Rizayevaning turmush o‘rtog‘i soxta emasligi haqida gapirdi

    10:00 / 03.10.2023

    Instagram: Dilshodbek Kattabekov uylandi, Munisa Rizayeva onasining tug‘ilgan kunini nishonlamoqda, ruscha gapirgani uchun tahqirlangan Lola 

    22:00 / 03.10.2023

    Qashqadaryolik xonanda Alijon Isoqov uch ming yillik tarixga ega shaxmatga qo‘shimcha kiritib, yangi o‘yinni shaxmat plus nomi bilan patentladi

    16:00 / 03.10.2023

    Zangiotada uy hojatxonasidan yosh bolaning jasadi topildi

    18:00 / 03.10.2023

    Rossiyada urushdan qaytgan “vagnerchi” uyga o‘t qo‘yib, ayollarni yoqib yubordi

    22:00 / 03.10.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.