Fransiyaning Total neft kompaniyasi Qatar neft kompaniyasi bilan mamlakatdagi eng yirik neft konida olib boriladigan ishlanmalarning 30 foizlik ulushiga egalik qilish yuzasidan shartnoma imzoladi. Shartnoma 25 yil amal qiladi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Shartnoma 2017-yilning 14-iyulidan kuchga kiradi. Kon ekspluatatsiyasi uchun yangi firma tashkil etilib, uning 30 foizlik ulushiga Total egalik qiladi. Shartnoma qiymati oshkor etilmayapti.
“Ash-Shahin” neft koni Qatarning Fors ko‘rfazidagi suv hududida joylashgan. Undan sutkasiga 300 ming barrel neft (Qatarda qazib olinadigan neftning yarmi) olinadi.
Izoh (0)