Janubiy koreyalik short-trekchi, 2006-yilgi Turin Olimpiada o‘yinlari g‘olibi, ikki karra jahon chempioni O Se Jon Seulda yo‘l transport hodisasi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Xabar qilinishicha, 33 yoshli sportchi mototsiklida qayilayotgan vaqtda boshqa transport vositasi bilan to‘qnashib ketgan.
O Se Jon Turinda bo‘lib o‘tgan qishki Olimpiada o‘yinlarida 5000 metr masofada estafeta bo‘yicha oltin medalni qo‘lga kiritgandi.
Izoh (0)