AQShning Kolorado shtatida 26-iyun, yakshanba kuni yo‘lovchi poyezdi temir yo‘lni kesib o‘tayotgan furgon bilan to‘qnashib ketishi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi, yana bir kishi jarohatlandi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, YTH Trinidad shahri yaqinida sodir bo‘lgan. Mashina salonida olti kishi (shulardan to‘rt nafari yosh bola) bo‘lgan. Haydovchi furgonga poyezd yaqinlashayotganida temir yo‘lni kesib o‘tishga ulgurmagan. Natijada ichida 280 yo‘lovchi bo‘lgan poyezd mashinani urib ketgan.
Mashina ichida bo‘lgan ikki nafar katta va uch nafar kichik yoshdagilar halok bo‘lgan. Yana bir qiz bola og‘ir ahvolda shifoxonaga yetkazilgan. Poyezd yo‘lovchilari orasida jabrlanganlar yo‘q. Poyezd o‘z yo‘lida davom etishi uchun o‘sha joyning o‘zida ta’mirlangan.
Huquq-tartibot organlari bo‘lib o‘tgan voqea sabalarini o‘rganmoqda.
Izoh (0)