Kanadaning Kvebek provinsiyasida hozircha kim ekanligi noma’lum fuqaro “49 dan 6” ommabop milliy lotereyada 7 million Kanada dollari (5,4 million AQSh dollari) yutib oldi. Bu haqda 26-iyun, yakshanba kuni Atlantic Lottery assotsiatsiyasi vakillari ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “TASS”.
“Yutuqli raqamlar — 4, 5, 6, 8, 39 va 42. Bonus-raqam — 30”, — deya aniqlik kiritdi tashkilotchilar. Bundan tashqari, yana bir baxtli insonga “yupatuvchi” yutuq sifatida 1 million Kanada dollari (770 ming AQSh dollari) yutuq chiqdi. Mazkur chipta Ontario provinsiyasida sotilgan.
2015-yilning oktabrida “49 dan 6” lotereyasida Kanada tarixidagi eng katta jekpot — 64 million Kanada dollari o‘ynalgan edi.
Izoh (0)