2016-yildan boshidan beri Tailandning 97 fuqarosi Zika virusiga chalindi. Bu haqda, mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Virusga chalinish holatlari 10 ta provinsiyada joylashgan 42 aholi yashash punktida qayd qilindi.
“Hanuzgacha 28 kunlik karatinda qolayotgan Bingkan va Pxetchabun provinsiyalaridan boshqa hamma yerda vaziyat nazorat ostiga olindi”, — dedi vazirlik qoshidagi xastaliklar tarqalishi ustidan nazorat qilish dupartamenti rahbari Amnyuay Gajina.
Tailandda joriy yil hisobidan Zikaga chalinish bilan bog‘liq ilk holat fevralda qayd etilgan edi.
Izoh (0)