Fransiyaning NowhereElse resursi iPhone 7 ning navbatdagi “jonli” fotosuratlarini e’lon qildi. Suratlar smartfon 3,5 millimetrlik ulagichdan ayrilishini tasdiqladi — uning o‘rnida ikkinchi dinamik joylashadi, deb xabar bermoqda “Hi-Tech.Mail.ru”.
Fotoda iPhone 7 ning 4,7 dyuymli korpusiga oid tillarang orqa qopqoq tasvirlangan. Ekspertlarning ta’kidlashicha, smartfondagi ikkinchi dinamikning ishlashini Cirrus Logic kompaniyasi ishlab chiqargan kuchaytirgich ta’minlaydi. Buning hisobiga iPhone 7 sifatliroq va baquvvatroq bo‘ladi. Naushniklar esa Lightning porti orqali ulanadi.
Resurs, shuningdek, ikki kamerali, 5,5 dyuymli smartfonning metallik qopqog‘ini ko‘rsatdi. Bu taxminan iPhone 7 Plus yoki iPhone 7 Pro’dir.
Mavzuga oid:
- iPhone 7 ning taxminiy narxlari Weibo’da e’lon qilindi
- iPhone 7 ikkita SIM-karta uchun slotga ega bo‘lishi mumkin
- Apple iPhone 7 smartfonlarini ishlab chiqara boshladi
- Insayderlar iPhone 7 dizaynini yana bir bor tasdiqladi
- iPhone 7’ning ilk “jonli” surati e’lon qilindi
- iPhone 7 Apple’ning eng qimmatbaho smartfoniga aylanadi
Izoh (0)