Hindistonning Ringing Bells kompaniyasi 30-iyunda 4 dollardan arzon turadigan Freedom 251 smartfonining 200 ming donadan iborat ilk turkumi xaridorlarga jo‘natilishini ma’lum qildi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
Fevral oyida kompaniya Freedom 251 smartfoni atigi 500 rupiyadan sotilishini bildirgan edi. Endilikda narx, smartfon nomiga muvofiq, 251 rupiya qilib belgilandi. Kompaniya nimaning hisobiga narxni tushirishga muvaffaq bo‘lgani hozircha aniq emas. Arzon komponentlar ishlatilgan, homiylar mablag‘i evaziga chet softi o‘rnatilgan bo‘lsa-da, narx baribir e’lon qilinganidan 150 rupiyaga yuqori edi. Kompaniya davlatdan yordam olgani yoki boshqa chora topgani ma’lum emas.
Ringing Bells Freedom 251 tavsifi quyidagicha: 4 yadroli protsessor, 1 Gb tezkor xotira, 8 Gb ichki xotira, 3,2 Mp asosiy kamera, 0,3 Mp frontal kamera, 1450 mA/soatli akkumulyator, Android Lollipop.
Izoh (0)