Shveysariyalik 30 nafar talaba 1,513 sekundda 100 km/soat tezlikka ko‘tarila oladigan elektrobolid yaratdi. Bu eski jahon rekordidan 0,2 sekundga, Ludicrous Speed opsiyasiga ega Tesla’dan esa 0,5 sekundga kamroqdir, deb xabar bermoqda TJournal.
Bolid deyarli to‘liq uglerod tolasidan yasalgan bo‘lib, to‘la uzatma va har bir g‘ildirakni alohida boshqaradigan kompyuter bilan ta’minlangan.
Kashfiyotchilar jamoasi Syurixdagi Shveysariya oliy texnik maktabi va Lyutserndagi Amaliy fanlar universiteti talabalari orasidan to‘plangan edi.
Mashina 1981-yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan Formula Student (Formula SAE) musobaqalarida ishtirok etish uchun yig‘ildi. Ushbu musobaqa doirasida haqiqiy poyga uyushtirilmaydi, negaki avtomobillar yagona nusxada tayyorlanadi, ularni boshqaradigan talabalar esa poygachi sifatida tajribaga ega bo‘lmaydi.
Izoh (0)