Apple korporatsiyasining Rossiyadagi bo‘linmasi To‘qqizinchi hakamlik apellyatsiya sudiga Rossiya Federal bojxona xizmati ustidan shikoyat arizasini kiritdi. Bu haqda, sud ma’lumotlariga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
“Eppl Rus” MChJ 18-may kuni Moskva hakamlik sudi chiqargan hukmni qayta ko‘rib chiqishni talab qilmoqda. Korporatsiya Markaziy bojxona boshqarmasi Apple Watch “aqlli” soatlarining bojxona tasnifini o‘zgartirganidan norozilik bildirgan, ammo Moskva sudi uning da’vosini qondirmay, bojxonachilarning foydasiga hukm chiqargan edi.
2015-yil oxirida Federal bojxona xizmati Markaziy bojxona boshqarmasi va Moskvaning Sheremetyevo aeroporti bojxonasi Apple Watch’ni oddiy qo‘l soatlari sifatida tasniflashga qaror qilgan edi. Qo‘l soatlarini mamlakatga olib kirish uchun to‘lanadigan boj hajmi 10 foizga yetadi. Ilgari bu soatlar axborot uzatish uskunasi sifatida tasniflanar va import paytida bojga tortilmas edi.
Izoh (0)