Rossiya futbol ittifoqi rahbari Vitaliy Mutko Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Leonid Slutskiyning jamoadagi kelgusi faoliyati shu kunlarda hal bo‘lishini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
“Slutskiy hozircha Rossiya terma jamoasi murabbiyi bo‘lib turibdi. Uning kelajagi bir necha kunlarda hal bo‘ladi”, — dedi Mutko.
Rossiya terma jamoasi Yevro–2016 turniri guruh bosqichida omadsiz ishtirok etib, so‘nggi o‘rinni egalladi va musobaqa bilan xayrlashdi. Shundan so‘ng, Rossiya futbol uyushmasi 2015-yilning avgust oyidan buyon terma jamoa bosh murabbiyi lavozimida ishlab kelayotgan Leonid Slutskiyning o‘rniga yangi nomzod izlashni boshlagani haqida xabar berilgandi.
Keyinroq gollandiyalik futbol mutaxassisi, Rossiya terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Gus Xiddink ushbu mamlakat termasiga yordam berish uchun tayyor ekanini bildirgandi.
Izoh (0)