Liviyaning Bengazi shahrida (Tripolidan ming kilometr sharqda) 24-iyun, juma kuni kechqurun minalashtirilgan avtomobilning portlab ketishi oqibatida to‘rt nafar tinch aholi vakili halok bo‘ldi. Bu haqda, AFP agentligi ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Tibbiy muassasa xodimining so‘zlariga qaraganda, shifoxonaning kirish qismi yonida minalashtirilgan avtomobil portlab ketgan. Oqibatda to‘rt nafar fuqaro halok bo‘lgan, yana 14 kishi yaralangan. Qurolli kuchlar vakili bomba to‘xtab turgan transport vositasining tagiga joylashtirilganligini ma’lum qildi.
Yaqinida portlash yuz bergan shifoxonada harbiy xizmatchilar davolanishi ta’kidlanmoqda.
Izoh (0)