AQSh prezidentlik lavozimiga Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Tramp britaniyaliklar Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqi tarkibidan chiqishi uchun ovoz berib, mamlakat ustidan nazoratni o‘ziga qaytarganligini ma’lum qildi. Bu haqda, Reuters agentligi ma’lumotiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Hozirgi paytda Tramp Shotlandiyada bo‘lib, golf klubining ochilishida ishtirok etmoqda.
Referendum o‘tkazilishidan oldin milliarder Buyuk Britaniyaning Yevroittifoqdan chiqishi tarafdori ekanligini ma’lum qilgan edi.
Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishi masalasidagi referendum 23-iyun kuni bo‘lib o‘tdi. Unda Brexit tarafdorlari 51,9 foiz ovoz bilan g‘alaba qozondi. Yevroittifoqdan chiqishga qarshi 48,1 foiz ovoz berilgan.
Izoh (0)