Xitoy va ispaniyalik olimlar tadqiqot o‘tkazdi va har yili Pekin 11 santimetrga cho‘kayotganligini aniqladi. Bu haqda, The Guardian nashri ma’lumotiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.
Tadqiqotlar davomida olimlar oxirgi bir necha yildagi sun’iy yo‘ldosh orqali olingan tasvirlarni tahlil qilib chiqdi. Natijada xitoyliklarning sanoat va qishloq xo‘jaligida foydalanish uchun yerosti suvlarini faol chiqarib olishi tufayli Pekin har yili yerga 11 santimetrga botib borayotganligini aniqladi.
Xitoy poytaxtining ba’zi tumanlarida (masalan, Chaoyan tumanida) cho‘kish ayniqsa faol sodir bo‘lmoqda. Olimlar bu kabi hodisa Pekindagi binolar va temiryo‘llarda jiddiy vayronagarchiliklarga olib kelishi mumkinligini ta’kidladi.
Hozirgi paytda olimlar Pekindagi cho‘kish haqida ilmiy jurnal uchun maqola tayyorlamoqda. Ular maqolaning 2016-yilning oxirida chop etilishiga umid qilmoqda.
Izoh (0)