Buyuk Britaniya bosh vaziri, referendum natijalari tufayli iste’foga chiqishini ma’lum qilgan Devid Kemeron qirolicha Yelizaveta II ning qabuliga kirdi. Bu haqda, Sky News telekanaliga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Telekanalning o‘z manbalariga asoslanib bildirishicha, uchrashuv Bukingem saroyida bo‘lib o‘tgan.
Ilgariroq Kemeron iste’fo qarorini keng ommaga e’lon qilishdan oldin qirolichani bundan ogohlantirganini aytib o‘tgandi.
Izoh (0)