Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Germaniyaning Firnxaym shahridagi kinoteatrda o‘t ochgan va maxsus bo‘linma tomonidan otib tashlangan erkakning jasadi yonidan granata va xudkush kamari topilgan. Hozirda ular ekspertizaga jo‘natildi, deya xabar beradi “TASS”.

Foto: EPA

Foto: EPA

Bild nashriga ko‘ra, erkak 17 kishini garovda ushlab turgan. Ulardan biri keyinchalik hujum qilgan kimsa nemis tilida qiynalib gapirganini bildirgan.

Garovdagilardan hech biri jabrlanmagan. Ro‘y bergan hodisaning talonchilikka urinish, siyosiy yoki mafkuraviy sabablarga ko‘ra hujum kabi bir necha versiyalari ko‘rib chiqilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Yevropa gaz iste’molini kamaytirmoqda
Mahalliy
Toshkentda yong‘in oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi (video)
Dunyo
Ukraina 2 ta aerodromga dronlar bilan zarba berishga urindi — Rossiya Mudofaa vazirligi