Apple Thunderbolt Display monitorlarini ishlab chiqarishni to‘xtatadi

Apple kompaniyasi bundan buyon o‘z kompyuterlari uchun Thunderbolt Display monitorlarini ishlab chiqarmaydi. Bu haqda, The Verge nashriga asoslanib, Tjournal xabar bermoqda.

Foto: TJournal

Foto: TJournal

“Biz Thunderbolt Display monitorlarini ishlab chiqarishni to‘xtatmoqdamiz. Omborxona zaxiralari tugamaguniga qadar uni ‘Apple.com’ saytidan, Apple do‘konlari tarmog‘idan, shuningdek, chakana tarqatuvchilardan xarid qilish mumkin bo‘ladi. Boshqa ishlab chiqaruvchilarning Mac foydalanuvchilari qo‘lga kirita oladigan ko‘plab ajoyib modellari bor”, — deyiladi bayonotda.

Monitor 2011-yildan ishlab chiqarila boshlangan edi. Hozircha uni Apple Store do‘konlaridan 999 dollarga sotib olish mumkin. Zaxiralar tugagach, monitor boshqa ishlab chiqarilmaydi va savdo rastalaridan g‘oyib bo‘ladi.

↓ KEYINGI XABAR ↓
Boshiga chiqing