Shu yilning iyulida Instagram servisida fotosuratlarga izohlar va profildagi tavsiflar matnini avtomatik tarzda tarjima qilish funksiyasi joriy etiladi. Bu haqda, kompaniya blogidagi xabarga asoslanib, TJournal yozmoqda.
“Instagram hamjamiyati biz o‘ylagandan ko‘ra tezroq o‘sib, globallashib bormoqda. Siz yaqinda buni o‘zingiz gapiradigan tildan qat’iy nazar his etishingiz mumkinligidan juda xursandmiz”, — deyiladi korporativ blogdagi xabarnomada.
Izoh (0)