O‘zbek dasturchilari “Ur, to‘qmoq” o‘yinini yaratdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ushbu o‘yin o‘zbek xalq ertagi asosida yaratilgan bo‘lib, ertak qahramonlari talqinida ishlab chiqilgan. O‘yin 3 bosqichdan iborat. Dastur 2D va 3D o‘lchovli aniqlash, o‘zining darajalarini aniqlash, audiofayllarni o‘z ichiga oladi. O‘yin yanada qiziqarli bo‘lishi uchun ertakdan tashqari obyektlardan ham foydalanilgan.
Dasturchilar Nizomiddin Baltabayev, Avaz Mirzayev va Sirojiddin Xalilovga ushbu o‘yin uchun agentlik tomonidan tegishli guvohnoma berildi.
Izoh (0)